Ekologik va ijtimoiy masalalar Turonbank loyiha qo‘mitasining kun tartibiga kiritilgan. 2023-yil 20-oktyabr kuni Boshqaruv raisi o‘rinbosari rahbarligida “Turonbank” loyiha qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda kreditlash jarayoniga ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, istiqbolda rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qo‘mita yig‘ilishida Risk departamenti tarkibida 2 nafar mutaxassisdan iborat Ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish bo‘limi ochishga qaror qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, ekologik va ijtimoiy xavflarni baholash va boshqarish jarayonini avtomatlashtirishni yo‘lga qo‘yish hamda bank filiallari xodimlari uchun ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish yo‘nalishida o‘quv seminari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Kelgusida loyiha qo‘mitasining bunday yig‘ilishlari doimiy o‘tkazilib boriladi, EIB va EIBT masalalari kun tartibiga kiritiladi.