Размер:
AAA
Цвет: CC
Изображения: Вкл.Выкл.
Обычная версия сайта
...
Yangilangan sana: ...

Ipoteka krediti (PF-№6186)

Kassa orqali
Ipoteka krediti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-sonli Farmoniga asosan aholiga ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditlari
17%-18%
Foiz stavkasi
20 yil
Kredit muddati
416 500 000 so'm
Kredit miqdori
Menyu

Kredit haqida

Vaqtincha to'xtatilgan! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №6186-sonli Farmoniga asosan ajratiladigan Ipoteka krediti

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 11 martda imzolangan “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-sonli Farmoniga asosan aholiga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilishida qator o‘zgarish va qulayliklar joriy qilindi. 


O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag'lari hisobidan ajratiladigan ipoteka krediti 

         

    ipoteka-UZ-RU-EN

Kredit miqdori
  • Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda: 327 250 000 so'mgacha
  • Тоshkent shahrida: 416 500 000 so'mgacha
Foiz stavkasi
  • Viloyat markazlari, shaharlar va Toshkent shahri uchun yillik 18 foiz;
  • Respublikaning qishloq joylari uchun yillik 17 foiz;
Kredit muddati
        20 yil

Boshlang'ich to'lov
        15 %

Kredit qaytarish usuli
         Аnnuitet, differensial

Imtiyozli davr
          6 oygacha

*foiz stavkalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o‘zgarishsiz qoladi.

IPOTEKA KREDITINI AJRATISH TARTIBI

      O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan aholiga birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Fuqaro to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib, o‘z tanlovi asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartirani tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi.

2-bosqich. Fuqaro tijorat bank filiallariga, tanlangan kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti ajratishni so‘rab ariza bilan birgalikda kerakli hujjatlarni taqdim etadi.

3-bosqich. Ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng bank tomonidan potensial qarz oluvchiga ipoteka krediti ajratiladi.

4-bosqich.  Bank tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan (subsidiya xabarnomasiga ega qarz oluvchilar uchun boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya mablag‘lari bankka o‘tkazib berilgandan) so‘ng;

  • bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) o‘rtasida kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi;

  • qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish shartnomasi tuziladi;

  • belgilangan tartibda uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi;

  • ipoteka shartnomasi tuziladi yoki qonun asosida ipoteka belgilangan tartibda O‘zdavergeodezkadastrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


  PF-6186-sonli Farmonning 6-bandiga muvofiq subsidiyalar:

       Birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

     Dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun qatʼiy 32 mln. so‘m miqdorda to‘lanadi.

Shartnoma namunasi

Video

Kredit shartlari

Yillik foiz stavkasi
17%-18%
Kreditning maksimal summasi
416 500 000 so'm
Kredit muddati
20 yil
Kredit maqsadi
Uy-joy sotib olish uchun kredit
Ajratilish shakli
Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
Asosiy qarz va foizlarni so‘ndirish
Har oy
To‘lov usuli
Differensial, Annuitet
Rasmiylashtirish usuli
Bank ofisi
Imtiyozli davr
Ha (6 oygacha)

Hujjatlar

Kreditni onlayn tarzda rasmiylashtiring

Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechasiyu kunduzi qabul qilinadi va tezda ko'rib chiqiladi.

Onlayn so'rovnoma shaklini to'ldiring. Xodimimiz siz bilan bog'lanib, ro'yxatdan o'tish va berish shartlarini tushuntiradi.

Axborot varaqasi
Kreditning asosiy shartlari bo‘yicha ma’lumotni yuklab oling
Savollar va javoblar
Yana savollaringiz bormi? Unda bizning savollar va javoblar ma'lumotlar bazamizga kirishingiz mumkin.

Foydalanish shartlari

Zarur hujjatlar
  • Ariza;

  • qarz oluvchi (mavjud bo‘lganda birgalikda qarz oluvchilar)ning pasporti;

  • ipoteka kredit maqsadiga mos ravishda kredit evaziga sotib olinayotgan uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun qarz oluvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

  • “Turonbank” ATBda qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat hisobraqamida uy-joy narxining 15%dan kam bo‘lmagan miqdorida pul mablag‘i joylashtirilganligi to‘g‘risidagi bank maʼlumotnomasi (mavjud bo‘lganda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplashga subsidiya xabarnomasi);

  • qarz oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolangan ko‘p-qavvatli uydagi kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;

  • Taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun zarur hollarda talab etilishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar.

Talablar

Potensial qarz oluvchi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

b) doimiy ish joyi va daromadlar manbaiga ega bo‘lgan shaxslar;

v) qarz yuki ko‘rsatkichi, yaʼni qarz oluvchining barcha kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori qarz oluvchining (va birgalikda qarz oluvchilarning) tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmagan shaxslar.
Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi belgilangan meʼyordan yuqori bo‘lganda, ularning bank oldidagi qarz majburiyatlarini taʼminlash yuzasidan yuridik shaxslarning kafilligi qabul qilinishi mumkin.

g) ipoteka krediti ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar.

Qarz oluvchi kredit olish jarayonida quyidagi xarajatlarni amalga oshiradi:

notarial tartibda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xarajatlar; 
kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash xarajatlari;
sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar.

Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Kredit qaytmasligi xatari sug'urta polisi
Kredit qanday olinadi?
1
Arizani to‘ldirish
Kredit olish jarayoni arizani onlayn yoki bankning HKXKM/KXKMlaridan birida topshirishdan boshlanadi.
2
Qarorni kuting
Ariza bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Menejer siz bilan bog‘lanadi, tafsilotlarni aniqlashtiradi va uchrashuv haqida kelishib oladi.
3
Kredit oling
Ariza ma’qullanganidan so‘ng, biz xarid uchun sarflangan pulingizni sotuvchining hisobiga o‘tkazamiz

Kreditingizni hisoblang

Boshlang‘ich badal miqdori
20
%
20 %dan
50 %gacha
Zarur summa
1 000 000
so‘m
1 million so‘mdan
416.5 million so‘mgacha
Kredit muddati
240
oy
12 oydan boshlab
240 oygacha
Foiz stavkasi
17
%
10 %dan
50 %gacha
So‘ndirishning turi:
Sug‘urta xarajatlari:
Notarial xarajatlar:
Garovni baholash bo‘yicha xarajatlar:
Oʻrtacha oylik to‘lov*
... so‘m
Yillik foiz stavkasi:
...%
Kreditning to‘liq qiymati:
... so‘m
* Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Konsultantlarimiz har qanday muammoingizni hal qilishga yordam beradilar. Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki qayta (obratniy) qo‘ng‘iroq qilishimizga buyurtma bering.
Agar savollaringiz bo‘lsa, ularga konsultantlarimiz javob beradilar.
1220, +998 95 144-60-00
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz

MyTuron mobil ilovasida interfaol xizmatlar va kalkulyator mavjud.

Bankni qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chatdan ham foydalanishingiz mumkin.

Boshqa kreditlar
Onlayn Mikroqarz
Mikroqarz
33%
Foiz stavkasi
24 oy
Kredit muddati
Onlayn Mikroqarz jismoniy shaxslarga MyTuron ilovasi orqali ajratiladi
Avtokredit “AvtoSelf”
Avtokredit
28%
Foiz stavkasi
4 yil
Kredit muddati

O‘z-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar uchun maxsus va yengil 2,5 tonnagacha avtotransport vositasini...

Biznesga birinchi qadam
Kassa orqali
Mikroqarz
27.99%
Foiz stavkasi
12 oy
Kredit muddati
Mikroqarz o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ajratiladi

Biznesim maqsadim
Kassa orqali
Mikroqarz
22%
Foiz stavkasi
84 oy
Kredit muddati
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga muayyan maqsadlar uchun ajratiladi
Ipoteka krediti Fayzli maskan
Ipoteka krediti
25%
Foiz stavkasi
10 yil
Kredit muddati
O‘zbekiston Respublikasi ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan birlamch...
Mikroqarz (rasmiy daromadsiz)
Mikroqarz
29%
Foiz stavkasi
4 yil
Kredit muddati
Mikroqarz rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarga ajratiladi

Mikroqarz
Kassa orqali
Mikroqarz
29%
Foiz stavkasi
3 yil
Kredit muddati
Mikroqarz jismoniy shaxslarga naqd pulsiz shaklda bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan yoki naqd pul...
Avtokredit “EcoGreenCar”
Avtokredit
28%
Foiz stavkasi
4 yil
Kredit muddati

Elektromobil va gibrid avtotransport vositalarini birlamchi va ikkilamchi bozordan sotib olish uchun...

Iste'mol kreditlari
Kassa orqali
Isteʼmol krediti
29%
Foiz stavkasi
3 yil
Kredit muddati
Moliyaviy isteʼmol krediti bu – o‘z faoliyati natijasida daromad oluvchi jismoniy shaxsga uning iste...
ECOPANEL
Kassa orqali
Avtokredit
20%
Foiz stavkasi
5 yil
Kredit muddati

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hosil qiluvchi qurilmalar xarid qilish uchun ajratiladigan...

Qulay
Qulay
Qulay
Yangi mijozlarni masofadan turib My ID tizimi orqali ro‘yxatga olish va identifikatsiyalash.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Konversiya
Konversiya
Konversiya
Konvertatsiya qilinadigan xorijiy valyutalar bo‘yicha konversion xizmatlar.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
Xaridlar uchun to‘lovni joylarda HUMO PAY, QR‑kod orqali amalga oshirish mumkin.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Asosiy Kartada
Biz bilan bog‘lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 08:00-22:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X