4 Dec 2013
Davlat rahbarining «Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida», «Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» va «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Turonbank” tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko'ra, bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 165 594 tani tashkil etib, shundan 1 106 tasi yuridik shaxslar va 631 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan korporativ plastik kartochkalaridir.
Mini-banklar, omonat va kommunal to'lovlar kassalari, savdo va aholiga pullik xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarida o'rnatilgan terminallar soni joriy yilning 1 noyabr holatiga jami 2429 tani tashkil etib, oktyabr oyida 17 dona terminallar qo'shimcha o'rnatildi. Shuningdek, Toshkent shahri va vilotlarda bank tomonidan 19 ta infokiosk va 1 ta bankomat o'rnatilgan.
Joylarda savdo va pullik xizmat ko'rsatish shaxobchalari ulardan kelib tushayotgan arizalarga asosan to'lov terminallari bilan ta'minlab kelmoqda. To'lov terminallardan belgilangan tartibda foydalanmayotgan, gumonli operatsiyalarni amalga oshirayotgan xo'jalik sub'ektlariga nisbatan chora ko'rish uchun ma'lumotlar soliq inspeksiyalari va hududiy Pul-kredit komissiyalariga kiritib borilmoqda.

/
Манба:
кўрсатилмаган
/
Кўришлар:
531