Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Endilikda "Turon-mobile" mobil banking tizimi Appstore va Playmarketda

Янгиланган сана:  ...
24 Jan 2014
Turonbank o'z mijozlariga masofadan turib mobil telefon orqali bankdagi hisoblarni boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy “Turon-mobile” xizmatini taqdim etadi.

Masofadan boshqarish xizmati tizimlari har qanday qulay sharoitda va vaqtda hisob holati haqidagi joriy axborotga ega bo'lish, shuningdek, zaruriy bank amaliyotlarini bajarish imkonini yaratadi.

Ushbu tizimga ulanish bank mizojlariga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- o'z hisoblari, kredit va omonatlari holatini kuzatish;

- vositachilik haqisiz turli xizmat ta'minotchilari manzillariga, shuningdek, turar-joy kommunal xizmatlari, uyali aloqa operatorlari va shahar telefon tarmog'i xizmatlari, internet provayderlar, kabel, raqamli televideniye va boshqalar uchun to'lov va o'tkazmalarni amalga oshirish;

- to'g'ridan-to'g'ri o'z bank hisobidan internet magazinlardan xaridlarni amalga oshirish;

- o'z hisoblari orasida o'tkazmalarni amalga oshirish;

- kreditlarni to'lash, omonatlar va hisobni to'ldirish;

- karta bo'yicha bajarilgan amaliyotlar haqida ko'chirmalar olish;

- o'z hisblaridagi harakatlar haqida operativ tarzda ma'lumotga ega bo'lish.

Yuridik shaxslar quyidagi qo'shimcha imkoniyatlarga ega:

- kelgusidagi ishlovga o'tishi mumkin bo'lgan, to'lov hujjatlarini kiritish va bankka yuborish;

- shaxsiy hisoblar bo'yicha ko'chirmalar, saldo-aylanma vedomostlarini shakllantirish;

- hujjatlarni turli belgilarga binoan tanlagan holda, to'lov qog'ozlari arxivini ko'zdan kechirish.

Mobil banking tizimida faqatgina ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar ishlashi mumkin. Ulanish uchun Turonbank tashrif buyurish va “Turon-mobile” hisobini ochish lozim.

“Turon-mobile” mobil bankingini AppStore va PlayMarketda topish mumkin va xohlovchilar shunchaki ilovani o'z mobil telefonlariga yuklab olishlari kerak bo'ladi.

Bank vakillarining so'zlariga ko'ra, “Turon-mobile” bu – har qanday joyda mobil telefoni orqali naqd puldan foydalanmagan holda, o'z hisoblarini boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat bo'lib, “bir marotaba ulangandan so'ng mijoz doimo o'z vaqtida to'lovlarni amalga oshirishi mumkin bo'ladi”.
/ Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 1865
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг By Speech