Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Joriy yilning sentyabr oyida “Turonbank” tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan «Poytaxt» va «Paxtakor» mini-bank ochigan edi.

Янгиланган сана:  ...
27 Sep 2013
Вugungi kunda "Turonbank"ning respublika bo'yicha 30 ta mini-banki faoliyat yuritmoqda.

“Turonbank” Ochiq aksiyadorlik tijorat banki moliya xizmatlar bozorida 20 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro'-e'tiborini mustahkamlab kelmoqda. O'zbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda, Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag' bilan ta'minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlashda faol qatnashadi.

Joriy yilning sentyabr oyida “Turonbank” tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan «Poytaxt» va «Paxtakor» mini-bank ochigan edi. Bugungi kunda ushbu mini-banklarda millliy valyutada quyidagi xizmatlar amalga oshirilmoqda:

- yuridik va jismoniy shaxslarni hisob raqamlarni ochish va xizmat kursatish;

- milliy valyutada plastik kartochkalarni ochib berish;

- kommunal xizmatlar va boshqa turdagi to'lovlar;

- to'lov va ko'chirmalarni qabul qilish.

Kichik va o'rta biznes vakillari va korporativ mijozlar uchun hisob-kassa xizmatlari, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun bo'sh mablag'larni joylashtirish xizmatlari taklif qilinadi. Shu bilan birga, 7 turdagi pul o'tkazish omonat kassalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha “Turonbank”ning 30 ta mini-bank o'z ish faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Toshkent shahri bo'yicha yangi ochilganlari bilan birga yettita mini-bank faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda, shahar bo'yicha 4 filial va respublika bo'yicha 17 ta filial faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

/ Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 642
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг By Speech