Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

"Omadingni boy berma" aksiyasining 2- bosqich taqdirlash marosimi yangi yil bayrami arafasida o'tkazildi

Янгиланган сана:  9 Феврал 2019, 16:32
30 Dec 2013
Joriy yilning sentyabr oyida “Turonbank” Ochiq aksiyadorlik tijorat bankining bosh ofisida “Omadingni boy berma!” aksiyasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimining 1- bosqichi bo'lib o'tgan edi. Ushbu aksiyaning 2- bosqich taqdirlash marosimi esa yangi yil bayrami arafasida o’tkazildi.

Mazkur aksiyaning o'tkazilishidan asosiy maqsad “Turonbank” xizmatlaridan doimiy foydalanuvchi mijozlarning sonini ko'paytirish. Shuningdek ushbu aksiya pul o'tkazmalari bo'yicha amaldagi bank xizmatlari mavjudligi haqida aholini habardorlik darajasini ko'tarishga yo'naltirilgan. Shu bilan birga, chakana xizmatlar markazlari orqali “Turonbank” xalqaro pul o'tkazmalaridan foydalangan holda mijozlarning talab va ehtiyojlarini rag'batlantirishga ham qaratilgan.

“Omadingni boy berma!” aksiyasida “Turonbank” АТБ bankining pul o'tkazmalari punktidan foydalangan bankning har qanday potensial mijozi ishtirok etishi mumkun. Mijozning aloqa ma'lumotlari, yuborilgan yoki qabul qilingan pul o'tkazmalarining miqdori bank ma'lumot bazalarida ko'rsatiladi. Keyin esa ma'lumotlar tahlil etilib, eng yaxshi mijozlar ichidan aksiya ishtirokchilari tanlab olinadi.

Aksiya shartlariga ko'ra bugungi kunda aksiyada g'olib bo'lgan mijozlar 35 ta LCD televizorlari egalariga aylanishdi.

Bundan tashqari aksiya yakunida musobaqa ko'rinishida barcha Turonbank Xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlaridan foydalangan mijozlar uchun Ekzotik mamlakatga 2 kishilik sayoxat yo'llanmasi yutug'i ko'rinishida lotoreya o'ynaldi va aksiyada ishtirok etgan mizojlarning biri ushbu sayoxat yutug'i egasiga aylandi.
/ Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 854
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг By Speech