Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

"Turonbank" "Iste'dodli xodimlarni jalb qilish, saqlab qolish hamda rivojlantirish strategiyasi" mavzusida o'quv seminarlari o'tkazdi

12 Nov 2013
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qaroriga asosan respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o'zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko'rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta'minlash maqsadida Markaziy bank va Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan o'quv kurslar tashkil etilib kelinmoqda.

Seminar 2013 yil 4-8 noyabr kunlari “Iste'dodli xodimlarni jalb qilish, saqlab qolish hamda rivojlantirish strategiyasi” mavzusiga bag'ishlandi.

АТБ “Turonbank” Navoiy viloyati filiali Xodimlar bilan ishlash bo'lim boshlig'i Mamarasulova Nodira UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida :–“АТБ “Turonbank” tomonidan tashkil etilgan seminarda bankning barcha mintaqaviy filiallaridan 20 ta mutasaddi vakillar ishtirok etdilar va mamalakatimizning bank sohasidagi o'zgarishlaridan hamda joriy kilingan yangi zamonaviy xizmat turlaridan boxabar bulib, qabul qilingan xalqaro normalar va qarorlar to'g'risida tegishli ma'lumot oldilar”.

Shuningdek, o'quv yurist hamda psixolog tomonidan ham ma'ruzalar o'qildi. Tadbir so'ngida seminar ishtrokchilariga sertifikatlar topshirildi.
/ Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 52
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг By Speech