Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Turonbank «Omadingni boy berma!» aksiyasi g'oliblari taqdirlandi

Янгиланган сана:  ...
Turonbank «Omadingni boy berma!» aksiyasi g'oliblari taqdirlandi
11 Feb 2014
Ma'lumki, 2013 yil yakunida “Turonbank” Ochiq aksiyadorlik tijorat banki Toshkent filialida “Omadingni boy berma!” aksiyasining 2-bosqich g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tgan edi.

Ushbu aksiyaning joriy yil 11 fevral kuni bo'lib o'tgan yakuniy – 3-bosqich g'oliblarini taqdirlash marosimida “Turonbank” Xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlaridan foydalangan, ya'ni umumiy soni 250 mingga yaqin mijozlar uchun Ekzotik mamlakati bo'lgan Taylandga 2 kishilik sayohat yo'llanmasi yutug'i ko'rinishida lotoreya o'ynaldi va aksiyada ishtirok etgan mizojlarning biri ushbu sayohat yutug'i egasiga aylandi.

Mazkur aksiyaning o'tkazilishidan asosiy maqsad, “Turonbank” xizmatlaridan doimiy foydalanuvchi mijozlarning sonini ko'paytirish, shuningdek, ushbu aksiya pul o'tkazmalari bo'yicha amaldagi bank xizmatlari mavjudligi haqida aholini xabardorlik darajasini ko'tarishga yo'naltirilgan. Shu bilan birga, chakana xizmatlar markazlari orqali “Turonbank” xalqaro pul o'tkazmalaridan foydalangan holda mijozlarning talab va ehtiyojlarini rag'batlantirishga ham qaratilgan.

Tadbir yakunida ushbu aksiya ishtirokchilari, bank mijozlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga joriy yilda ham bu kabi aksiyalarni o'tkazish rejalashtirilayotganligi aytib o'tildi.

Ta'kidlash joyizki, ushbu aksiyalarda “Turonbank”ning pul o'tkazmalari punktidan foydalangan har qanday potensial mijoz ishtirok etishi mumkin. Mijozning aloqa ma'lumotlari, yuborilgan yoki qabul qilingan pul o'tkazmalarining miqdori bank ma'lumot bazalarida ko'rsatiladi. Keyin esa ma'lumotlar tahlil etilib, eng yaxshi mijozlar orasidan aksiya ishtirokchilari tanlab olinadi.
/ Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 518
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг By Speech