Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Turonbank tomonidan 2013 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga jami 260 milliard so'mdan ortiq kredit mablag'lari ajratildi

3 Jan 2014
Mamlakatimizda 2013 yilda, bank sohasini takomillashtirish, moliya muassasalarining mijozlar bilan ishlash jarayonlarini yanada yaxshilash maqsadida olib borilayotgan islohotlar o'z samarasini berdi. Bunday ijobiy o'zgarishlarni yurtimizdagi moliya muassasalaridan biri Turonbank faoliyati misolida ham yaqqol kurish mumkin.
Ta'kidlash kerakki, bank 2013 yilda "Obod turmush yili" Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlarni bajarish borasida salmoqli faoliyat olib bordi. Aholi bandligini ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikni rivojlantirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ayollar faoliyatini rag'batlantirish, ularning uy-ro'zg'or yumushlarini yengillashtirish uchun qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish bank faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida "Obod turmush yili" Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish doirasida bank tomonidan joriy yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga jami 260 milliard so'mdan ortiqroq miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.
Har yilgidek yangi yilda ham yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash ustuvor vazifa sanaladi. Ushbu yo'nalishlar yuzasidan Turonbank tomonidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish vazifalari aniq belgilab olingan.
Bank tomonidan o'z mablag'lari hisobiga zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek, bankrot korxonalar faoliyatini tiklash, yangi ish o’rinlarini yaratish uchun investitsiyalarni kiritishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, mamlakatimizda yilning o'tgan 11 oyi mobaynida 833,4 mingta yangi ish o’rinlarini tashkil etilgan bo'lsa, bank tomonidan ko'rsatilgan bank xizmatlar hisobidan 2500 dan ziyod yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, bank tomonidan aholini oziq ovqat va nooziq ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish va eksport salmog’ini oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 26 yanvardagi va 2011 yil 28 yanvardagi qarorlariga muvofiq oziq ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jami 4.1 mlrd. so’m kreditlar ajratildi.
Bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga yangi ish o'rinlari yaratish, shuningdek, kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida ham bir qator ijobiy ishlar qilindi. Viloyatlar o’rta mahsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari bilan hamkorlikda "Bank va kollej hamkorligi" loyihasi hamda "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda "Yosh tadbirkor - yurtga madadkor", "Mening biznes g'oyam" loyihalarining hayotga tatbiq etilishi ishlarni yanada jonlantirmoqda.
/ Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 79
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг By Speech