6 Jan 2014
Turonbank moliya xizmatlar bozorida 20 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro'-e'tiborini mustahkamlab kelmoqda. O'zbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda, Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag' bilan ta'minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlashda faol qatnashadi.
Bugungi kunda ushbu mini-bankda millliy valyutada quyidagi xizmatlar amalga oshirilmoqda:
- yuridik va jismoniy shaxslarni hisob raqamlarni ochish va xizmat kursatish;
- milliy valyutada plastik kartochkalarni ochib berish;
- kommunal xizmatlar va boshqa turdagi to'lovlar;
- to'lov va ko'chirmalarni qabul qilish.
Kichik va o'rta biznes vakillari va korporativ mijozlar uchun hisob-kassa xizmatlari, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun bo'sh mablag'larni joylashtirish xizmatlari taklif qilinadi. Shu bilan birga, 7 turdagi pul o'tkazish omonat kassalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha Turonbankning 28 ta mini-bank o'z ish faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Toshkent shahri bo'yicha yangi ochilganlari bilan birga yettita mini-bank faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda, shahar bo'yicha 4 filial va respublika bo'yicha 17 ta filial faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

/
Манба:
кўрсатилмаган
/
Кўришлар:
1990