Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Qishloq xo‘jaligi xodimlari” kuni sifatida belgilangan edi. 

Ushbu fayzli va shukuhli ayyom munosabati bilan “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalari majmuasida ilk bora yirik “Hosil bayrami” tadbirlari o‘tkazildi. Unda Respublikamizning barcha hududlarida mehnat qilayotgan ayni tarmoqning faollari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

“Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi bilan hamkorlikda limonchilik tarmog‘ini rivojlantirib kelayotgan “Turonbank” ATB ham mazkur tadbirda o‘z stendi bilan qatnashdi. 

Fursatdan foydalanib biz ham qadoq qo‘li va fidoyi qalbi bilan elimizning rizq-nasibasini yaratayotgan barcha agror soha jonkuyarlarini samimiy muborakbod etamiz. 

photo_2022-12-11_12-17-21.jpg
photo_2022-12-11_12-17-24.jpg
photo_2022-12-11_12-17-25.jpg
photo_2022-12-11_12-17-26.jpg
photo_2022-12-11_12-17-28.jpg
photo_2022-12-11_12-17-29.jpg
photo_2022-12-11_12-17-32.jpg
photo_2022-12-11_12-17-34.jpg
photo_2022-12-11_12-17-36.jpg
photo_2022-12-11_12-17-23.jpg