Fransiyada chop etiladigan nufuzli “JEC Composites Magazine” ilmiy jurnalining navbatdagi sonida “Deutsche Kabel AG Tashkent” va “Turonbank” ATB hamkorligida tashkil etilgan “Falk Porsche Fiberglass” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasi haqida maqola e’lon qilindi.

Снимок.PNG

 Снимок1.PNG  Снимок2.PNG

Unda “Falk Porsche Fiberglass” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasining faoliyati borasida ham so‘z yuritilib, dronlar ishlab chiqarish, avto, temir yo‘l va avia sanoat, yo‘l hamda ko‘priksozlik, shuningdek yana yuzlab strategik ahamiyatga ega maqsadlar uchun eng noyob nanotexnologiya hisoblangan xomashyolar, aynan mana shu zavodda ishlab chiqarilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz “Falk Porsche Fiberglass” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasi “O‘zglaszayden” korxonasining reinjiniring qilinishi natijasida Markaziy Osiyoda yagona loyiha sifatida, 21,4 mln yevro miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya asosida “Deutsche Kabel AG Tashkent” va “Turonbank” ATB hamkorligida tashkil etildi.

Olmazor kichik sanoat zonasida joylashgan 2,5 gektarlik yangi avlod zavodining texonologik jarayonlarining barcha bosqichlar to‘liq avtomatlashgan, laboratoriya ishlari eng so‘nggi rusumdagi uskunalar yordamida olib boriladi. “Falk Porsche Fiberglass” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasi to‘liq quvvat bilan ishga tushganda yiliga 13 ming tonna shisha tolasi, 6 ming tonna kompozit material va polimer qoplamalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Eksport esa taxminan yiliga 10 mln yevrodan ortiq bo‘lishi kutilyapti.