Quyidagi kasbiy mahoratga ega bo'lishi lozim:
•    Kredit portfelini monitoring qilish va garov taʻminotining holatini baholash
•    Monitoring natijalari boʻyicha xulosa tayyorlash
•    Yuridik va jismoniy shaxslar kreditlash yoʻnalishida kasbiy tahlil va ekspertiza oʻtkazish
•    Ichki mehnat tartibi qoidalariga amal qilish
•    Berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish
Nomzodga qoʻyiladigan talab va sharoitlar:
•    Bank faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tajribasi (kamida 2 yil)
•    Monitoring va garov taʻminoti boʻyicha tahliliy fikrlash qobiliyati
•    Excel va Word dasturlarini yaxshi darajada bilish
•    Masʻuliyatlilik, aniqlik, va jamoada ishlash koʻnikmalari
•    Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish
•    Sinov muddati: kelishuv asosida, sinov davrida ish haqi boʻyicha ham kelishiladi
Bank tomonidan quyidagilar taklif etiladi:
•    Rasmiy ishga joylashuv (mehnat taʻtili, kasallik varaqasi va boshqalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq)
•    Raqobatbardosh darajadagi daromad
•    Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha
•    Kasbiy va martaba jihatdan oʻsish imkoniyatlari
•    Shahar markazida zamonaviy ofis, qulay mehnat sharoitlari