5 Iyul 2024
Mazkur lavozimga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
- Bankning filial tarmog'i faoliyatini huquqiy qo'llab-quvvatlash;
- Loyihalar, shartnomalar, buyruqlar, ko'rsatmalar va boshqa huquqiy harakterdagi hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish;
- Shartnomaviy huquqiy va da’vo ishlarini olib borish;
- Shartnomalar, kontraktlar va bitimlar bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklar va nizolarni sudga qadar hal qilish choralarini ko‘rish;
- Savdo-sanoat palatasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlarda bankning huquq va manfaatlarini, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi tartib-taomillarda vakillik qilish;
- Nizolarni sudgacha hal qilish va sud muhokamalarida ishtirok etish, (loyihalarni), hujjatlarni (arizalar, da’vo arizalar, apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari va boshqalar) tayyorlash.
- bank foydasiga chiqarilgan ijro hujjatlarini (majburiy) bajarilishini ta’minlash jarayonlarida ishtirok etish;
- Huquqni muhofaza qilish organlarida bank manfaatlarini himoya qilish, bankrotlik tartib-qoidalari va boshqalar.
Talablar:
- Oliy yuridik ma'lumot;
- Yurisprudensiya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- O‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlasha olish;
- Moddiy va protsessual huquq asoslarini, shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy (bank) qonunchilikni bilish;
- Xatarlarni tushunish va ularni baholash qobiliyati;
- Shartnoma hujjatlarini tahlil qilish ko'nikmalari;
- Fikrni yozma va og‘zaki shaklda erkin va to‘g‘ri ifodalash, tanqidiy fikrlash qobiliyati;
- Muzokaralar olib borish va huquqiy nizolarni hal qilish qobiliyati.