9 Iyul 2024
“Bank xodimlarida risk madaniyatini oshirish va operatsion risklarni boshqarish” mavzusida Turonbanr xodimlari uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Seminar trening AQSH US Bank korporativ risklarni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Bahodir Ergashev tomonidan olib borildi. Treningda hududlardagi Bank xizmatlari markazlari rahbarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Operatsion risklarni baholash tijorat banklari uchun risklarni boshqarishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu ichki jarayonlar, odamlar, tizimlar va tashqi hodisalardan kelib chiqadigan xavflarni aniqlash, baholash va kamaytirishni oʻz ichiga oladi. Shu sababli mazkur seminarda mavzuni chuqur ochib berib, zamon talabidan kelib chiqqan holda risk madaniyatiga amal qilish va operatsion risklarga alohida ahamiyat qaratildi.
Seminar trening davomida bu yo‘nalishda jahon tajribasi ham ko‘rib chiqilib, amaliyotda yuz berishi mumkin to‘siqlar va ularni oson yengib o‘tish singari qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Trening qiziqarli savol javoblar va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda o‘tdi.