12 Apr 2025
“Bir mahalla – bir mahsulot”: Bog‘dorchilikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida bog‘dorchilikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Mazkur tashabbus doirasida Turonbank ATB tomonidan Bog‘dod tumani Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 65 ta xonadonga 1500 dona limon ko‘chatlari tarqatilmoqda. Ushbu loyiha orqali har bir xonadon tomorqasidan unumli foydalanish, barqaror daromad manbaini yaratish va eksportbop mahsulot yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Turonbank ATB ushbu tashabbus orqali tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ekologik toza va eksportbop mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish hamda aholining iqtisodiy faolligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Bu kabi tashabbuslar mahalliy iqtisodiyotning yuksalishiga, aholi bandligi va farovonligining oshishiga xizmat qiladi.