Hurmatli Turonbank mijozlari! 25-iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizdan 13,5 foizga o‘zgartirganligi sababli, 26-iyul sanasidan Turonbankda Iqtisodiyot va Moliya vazirligining resurs mablag’lari hisobidan ajratilayotgan Ipoteka krediti (PF-№70) hamda  “Kelajak” ta’lim krediti foizlari 0,5 foiz stavkaga tushirilganligini ma’lum qilamiz. 

Shuningdek,  bu o‘zgarish Iqtisodiyot va Moliya vazirligining resurs mablag’lari hisobidan avval ajratilgan kreditlarga ham taalluqli, ya’ni bugungi kunga qadar ajratilgan kreditlarning foiz stavkalari 0,5 foizga tushiriladi.