Onlayn firibgarlar kundan kunga yangi usullarni o'ylab topmoqda va ularning hiyla-nayranglari yanada murakkablashmoqda. Bu tuzoqqa tushmaslik uchun hushyor bo'ling
Noma'lum shaxslarning ma'lumotlariga ishonmang, ular mablag'ingiz yoki hujjatlaringizga kirish uchun banklar nomidan yoki Markaziy bank nomidan foydalanib soxta xabar tarqatayotgan firibgarlardir!
Hech kimga shaxsiy ma'lumotlaringizni, ayniqsa plastik karta raqami, amal qilish muddati, sms orqali kelgan kodlar va MyTuron ilovasidagi parollaringizni yubormang.
Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!
Turonbank taklif etayotgan bank mahsulotlari haqidagi yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!
Firibgarlarga duch kelsangiz Turonbankning +998 71 202 0101 raqamiga murojaat qiling.
Markaziy bankning kiberhavfsizlik markazining veb-sayti hamda telegram tarmog'idagi rasmiy kanali orqali ham firibgarlardan ogoh bo'lish borasida foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.
www.cert.cbu.uz
https://t.me/cert_cbu
3 Iyul 2024
Manba:
Matbuot xizmati