Mamlakatimiz bo‘ylab e’lon qilingan “Dolzarb bir oylik” doirasida “Turonbank” ATB Boshqaruvi Raisi Mirzayev Chori Sadibaqosovich Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tumandagi xonadonlarda issiqxona xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilib, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ushbu tashabbus doirasida limon ko‘chatlari yetkazib berilib, ekish jarayonida ishtirok etildi.

Mazkur tashabbus mahalliy aholi bandligini ta’minlash, daromadni oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

photo_2025-03-20_21-59-44.jpg
photo_2025-03-20_21-59-43.jpg
photo_2025-03-20_21-59-36.jpg