“Limon hosili sayli” — baraka, mehnat va fidokorlik bayrami!

Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Qumtepa MFYda limon yetishtiruvchilar, tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi. Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlika tashkil etilgan sayl doirasida limonchilik sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati, mahalliy dehqonlar mehnatining samarasi va hosildor limonzorlar namoyish etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tufayli yuzlab yangi issiqxonalar barpo etilmoqda. Ayniqsa, xonadonlarda limon yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar sonining ortib borayotgani sohaning iqtisodiy ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida “Turonbank” ATB vakillari tomonidan limonchilik sohasini rivojlantirishda bank tomonidan yaratilgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. 

Tadbir davomida fermerlar o‘zaro tajriba almashib, issiqxonalarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, parvarish usullari hamda hosildorlikni oshirish yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ishtirokchilar namunali limonzorlarni ko‘zdan kechirib, o‘z tajribalari bilan ham bo'lishdilar.

photo_1_2025-11-04_17-42-04.jpg
photo_2_2025-11-04_17-42-04.jpg
photo_3_2025-11-04_17-42-04.jpg
photo_4_2025-11-04_17-42-04.jpg
photo_5_2025-11-04_17-42-04.jpg
photo_6_2025-11-04_17-42-04.jpg
photo_7_2025-11-04_17-42-04.jpg