O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektrda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hozirgi kunda  tijorat banklari, xususan, Turonbank tomonidan tizimli ishlar yo'lga qo'yilmoqda.

Aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash va kambag'allikdan chiqarish bo'yicha Turonbankda rahbar xodimlar, xususan, Mahalla bankirlarining malakasini oshirish maqsadida seminar trening o'tkazildi.

Seminar davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan jismoniy shaxslar uchun ishlab chiqilgan yangi "Mahalla loyihasi" hamda amaldagi "Biznesga birinchi qadam" kredit mahsulotlari xususida ham so'z yuritildi. O'z biznesini boshlash istagida bo'lgan fuqarolarga ko'maklashish bo'yicha xodimlarga yo'l-yo'riqlar ko'rsatilib, amaliy tavsiyalar ham berildi.

Eslatib o'tamiz, Mahalla bankiri loyihasi doirasida ayni dam Respublikamizning 41 ta tuman va shaharlardagi 479 ta mahallada Turonbankning 133 nafar "Mahalla bankir"lari hamda 300 nafar yordamchi agentlar o'z faoliyatini boshladi.

3 (7).jpg

6 (5).jpg

5 (6).jpg

4 (7).jpg

2 (8).jpg

1 (8).jpg