Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanida “Limon hosili sayli” o‘tkazildi!

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida limon yetishtiruvchilar, dehqonlar va tadbirkorlar ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Namangan viloyat bo‘limi boshlig‘i Bekto‘sh Ahmadjonov, Uchqo‘rg‘on tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Foziljon Almatov, shuningdek, mahalliy yetakchi tadbirkorlar, fermerlar va soha mutaxassislari qatnashdilar.

Namangan viloyati hokimligi hamda “Turonbank” ATB hamkorligida tashkil etilgan sayl doirasida limonchilik sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan issiqxonalar faoliyati va mahalliy dehqonlarning mehnat natijalari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida viloyatda limonchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar va yangi tashabbuslar haqida tadbirkorlar o‘z tajribalari asosida so‘zlab berdilar. Ularning muvaffaqiyatli loyihalari boshqa fermerlar uchun ilhom manbaiga aylandi.

“Turonbank” ATB Namangan BXM rahbari limonchilikni rivojlantirishda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kreditlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Shuningdek, limonni eksport qilish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba va g‘oyalar almashib, limonchilikni yanada rivojlantirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

photo_1_2025-11-05_16-23-34.jpg
photo_2_2025-11-05_16-23-34.jpg
photo_3_2025-11-05_16-23-34.jpg
photo_4_2025-11-05_16-23-34.jpg
photo_5_2025-11-05_16-23-34.jpg
photo_6_2025-11-05_16-23-34.jpg