Joriy yilning 23-yanvar kuni Markaziy bank Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi, Qorovulbozor tumani hokimligi hamda "Turonbank" ATB bilan tashkil etilgan "Loyihalar yarmarkasi"da "Turonbank" bilan birgalikda barcha tijorat banklari ishtirok etishdi.
Yarmarka davomida tadbirkorlar o'z faoliyatlarini rivojlantirishga doir fikrlarni bildirishdi. Mas'ullar "Turonbank" tomonidan beriladigan moliyaviy yordamlar va xizmatlar bu jarayonda katta hissa qo'shishini aytib o'tishdi.
Loyihada ko'plab tashabbuskorlarning loyihalari tijorat banklari tomonidan ma'qullandi va moliyaviy ko'mak ko'rsatishga kelishib olindi.