21 May 2026
21-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida universitet rektori B.Mirzayev, “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari S.Kaldibeyev, Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti direktori N.Tangniberdiyev hamda universitetning Iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari bank faoliyati, moliya tizimidagi bugungi islohotlar hamda o‘zining kasbiy faoliyati va hayotiy tajribalari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, bugungi kunda bankda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasblar hamda moliyaviy savodxonlikning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
Shuni qayd etish lozimki, ayni damda universitetning 100 nafardan ortiq talabalari ish beruvchi stipendiyasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shundan 14 nafari “Turonbank stipendiyasi” sohibidir. Bu esa yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Tadbir davomida talabalarga bank tizimida faoliyat boshlash, kasbiy rivojlanish va zamonaviy ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbarlar o‘rtasida ochiq muloqotni kuchaytirish, talabalarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati