21 Mar 2025
Shahrisabz tumani, Xontepa mahallasidagi issiqxona ishchilari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi!
Shahrisabz tumani, Xontepa mahallasida joylashgan issiqxona ishchilari uchun limon parvarishi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida mutaxassislar tomonidan limon yetishtirish texnologiyalari, o‘g‘itlash, kasalliklardan himoya qilish hamda mahsulot sifati va eksport talablariga javob beradigan usullar haqida qimmatli tavsiyalar berildi. Ishchilarga hududiy iqlim sharoitiga mos navlarni parvarishlash bo‘yicha ham batafsil tushuntirishlar taqdim etildi.
Issiqxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan, aniq va amaliy javoblar olishdi.