Shahrisabzda “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi!

Shahrisabz shahri, Qorasuv MFYda o‘tkazilgan “Limon hosili sayli”da Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Buriyev, shahar prokurori Ravshan Xurramov, Viloyat Savdo-sanoat palatasi rahbari, limon yetishtiruvchilar, mahalliy dehqonlar, tadbirkorlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Shahar hokimligi bilan hamkorlikda  “Yangi hayot invest” MCHJga tegishli 1 gektarlik limon issiqxonasida tashkil etilgan saylda limonchilik sohasida erishilayotgan yutuqlar, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan issiqxonalar tajribasi hamda mahalliy dehqonlarning fidokorona mehnati natijalari namoyish etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida yuzlab yangi issiqxonalar barpo etilmoqda. Ayniqsa, xonadonlarda limon yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar sonining ortib borayotgani sohaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilyapti. 

Tadbirda, shuningdek, “Turonbank” ATB Shahrisabz BXM rahbari M.Xaydarov limonchilikni rivojlantirish yo‘nalishida bank tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlаri va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Fermerlar va tadbirkorlar o‘zaro tajriba almashib, issiqxonalarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, parvarish usullari hamda hosildorlikni oshirish yo‘nalishlarida fikr almashdilar. Shuningdek, limonlarni parvarishlashda qo'llash mumkin bo'lgan dori vositalari namoyish etildi, bundan tashqari ishtirokchilar limon mevasidan tayyorlangan turli sharbatlar va shirinliklardan ham baxramand bo'lishdi. 

“Limon hosili sayli” — bu nafaqat hosil bayrami, balki mehnatsevar dehqonlarning fidokorona mehnatini qadrlash, limonchilikni yanada rivojlantirish va sohada barqaror o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi tadbir desak mubolag'a bo'lmaydi

photo_1_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_2_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_3_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_4_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_5_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_6_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_7_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_8_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_9_2025-11-04_18-09-50.jpg
photo_10_2025-11-04_18-09-50.jpg