23-may kuni Boʻstonliq tumanida “Turonbank” ATB,  Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “UzReport” telekanali va tomonidan Oʻzbekiston Qahramoni va xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlab “E voh” adabiy festival oʻtkazildi. 
Mazkur tadbirda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning festival qatnashchilariga tabrigini oʻqib eshittirdi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida, jumladan, "Men Erkin Vohidovdek serqirra isteʼdod egasi, haqiqiy vatanparvar va millatparvar inson bilan zamondosh va maslakdosh boʻlib yashash nasib etganidan baxtiyorman", deb taʼkidlangan.

Hozirgi kunda yetishib kelayotgan isteʼdodli yoshlarimiz buyuk ustozlarning yoʻlini munosib davom ettirayotganiga mamnuniyat ham bildirilgan.
Shu bilan birga Prezident, ushbu festival ishtirokchilari va tashkilotchilariga, xususan “Turonbank” mutasaddilariga samimiy minnatdorlik bildirib, adabiy festivalni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazish taklifini qoʻllab-quvvatlaganlar.

Oʻzbekiston qaxramoni, xalqimizning sevimli  shoiri boʻlgan Erkin Vohidov xotirasiga bagʻishlab mana shunday ijodiy festivalning oʻtkazilishi nafaqat yoshlarimiz balki barchaning adabiyotga boʻlgan mehrini oshiradi, mana shunday ajoyib ijodkorlarni tarbiyalagan zaminda yashayotganimiz esa barchamizda faxr tuygʻusini uygʻotadi.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan adabiy festival qatnashchilariga yoʻllangan tabrikning to'liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin - https://president.uz/oz/lists/view/7253 

photo_2024-05-23_21-52-54.jpg
photo_2024-05-23_21-52-55.jpg
photo_2024-05-23_21-52-56.jpg
photo_2024-05-23_21-52-56 (2).jpg
photo_2024-05-23_21-52-57.jpg
photo_2024-05-23_21-52-58.jpg
photo_2024-05-23_21-52-59.jpg