Sirdaryo BXMda navbatdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi!

Turonbank va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi hamkorligida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari doirasida Sirdaryo Bank Xizmatlari Markazi xodimlari uchun ham keng qamrovli o‘quv-trening tashkil etildi.

Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi:

Riteil bozorida faol strategiyalarni qo‘llash
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy standartlari
Effektiv taym-menedjment va stress holatlarida to‘g‘ri yo‘l tutish
Etika qoidalari va korporativ madaniyat
Bank mahsulotlarini ishlab chiqish va samarali sotish usullari

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xalqaro standartlar asosida bank menejmentini rivojlantirish, xodimlarning kasbiy malakasi va xizmat sifati bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashdir.

Trening davomida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashib, real holatlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazdi. 

Sirdaryo BXM mezbonligida o‘tkazilgan ushbu trening yana bir bor Turonbank xodimlarining doimiy o‘sish va takomillashuv yo‘lida ekanini ko‘rsatdi.

photo_2025-04-11_18-31-54 (2).jpg
photo_2025-04-11_18-31-54 (3).jpg
photo_2025-04-11_18-31-54 (4).jpg
photo_2025-04-11_18-31-54.jpg
photo_2025-04-11_18-31-55 (2).jpg
photo_2025-04-11_18-31-55 (3).jpg
photo_2025-04-11_18-31-55.jpg