15 May 2026
Joriy yilning 15-may kuni “Turonbank” ATB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga bank xizmatlari, imtiyozli kredit dasturlari, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda zamonaviy raqamli bank xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud masalalarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Jumladan, bir nechta tadbirkorlarning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Turonbank — tadbirkorlar ishonchini qadrlaydigan bank!
Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati








