Namangan viloyati Kosonsoy tumanida Turonbank boshqaruvi Raisi o'rinbosari Zohidjon Obidov hamda Kosonsoy tumani hokimi birinchi o'rinbosari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi biznes vakillari hamda endi o'z faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirkorlar o'z g'oya va rejalari bilan bo'lishib, amaliyotda yuzaga kelayotgan to'sqinliklar haqida ma'lumot berishdi. O'z navbatida tadbirkorlar emin erkin faoliyat olib borishlari, yangi ish o'rinlarini yaratishlari va aholi bandligini ta'minlagan holda hududda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha qilinayotgan ishlar muhokama etildi.

Shu o'rinda qayd etish lozimki, Namangan viloyatida Turonbankka 35 ta mahalla biriktirilgan bo'lib, hozirgi kunda Mahalla bankirlari va mahalla-agentlari ushbu mahallalarda tizimli ishlarni amalga oshirishmoqda.

photo_5316587768173948364_y.jpg

photo_5316587768173948366_y.jpg

photo_5316587768173948371_y.jpg

photo_5319226849483681670_y.jpg

photo_5316587768173948372_y.jpg

photo_5316587768173948368_y.jpg