21 May 2026
Joriy yilning 21-may kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari S.T. Kaldibayev hamda Zangiota BXM rahbari S. Doniyorov boshchiligida Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga bank xizmatlari, imtiyozli kredit dasturlari, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda zamonaviy raqamli bank xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan masalalar joyida ijobiy hal etildi.
Turonbank — tadbirkorlar ishonchini qadrlaydigan bank!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati