Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan tizim, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan turli vazifalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Mazkur vazifalarning ijrosini amalda ta’minlash maqsadida Turonbank tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, Respublikamizning 41 ta tuman va shahrlardagi 479 ta mahallada 130 nafar "Mahalla bankir"lari o‘z faoliyatini boshladi.
Kuni kecha, "Mahalla bankiri" loyihasi doirasida Turonbank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari va Sirdaryo BXM rahbari bilan Mirzaobod tumanida bo‘lib hududning biznes imkoniyatlarini o‘rganishdi va aholi bilan bevosita suhbatlar o‘tkazishdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa aholining g‘oyalari va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etishlarida ularga yordam berishdir.
Eslatib o‘tamiz, “Mahalla bankiri” mahalla aholisi uchun turli moliyaviy xizmatlar, kreditlar va investitsiya imkoniyatlari haqida maslahatlar berib, faktoring, depozit kabi manfaatli bank xizmatlari haqida tushunchalar berib, aholining moliyaviy ahvolini yaxshilashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.