O'zbekiston moliya bozorida 34 yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda Respublika bo'yicha o'zining 20 ta bank xizmatlari markazi va 60 dan ziyod ofislari orqali yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqda.
2024-yilda tijorat banki fuqarolarning moliyaviy ehtiyojlarni qondirish va yangi mahsulotlarni amaliyotga tadbiq etish bo'yicha samarali ishlarni olib bordi. Milliy matbuot markazida oʻtgan press - anjumanida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi aʼzolari bu haqda batafsil ma'lumot berishdi.
Qayd etilganidek, 2024-yilning 1-noyabr holatiga bankning jami kapitali 1 trln. 917 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ayni shu davrda aktivlar 17 trln. 002 mlrd. so'mga yetib, 6,7 foizga oshdi. Shuningdek, 2024-yil boshidan yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan depozitlar miqdori 5 trln. 097 mlrd. so'mga yetdi. Bu o'tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 9,4 foiz ko'p demakdir. Jami kredit qo'yilmalari esa 12 trln. 405 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan 4,3%ga o'sdi.
Matbuot anjumani davomida Turonbank tomonidan jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan xizmatlarga alohida urg'u berildi. Jumladan, 2024-yil boshidan “Turonbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga umumiy hisobda 476,6 mlrd. so'm miqdoridagi kreditlar ajratilgan. Ularning 130,0 mlrd. so'mi 543 nafar mijozga ipoteka kreditiga, 142,6 mlrd. so'mi 8 ming 515 nafar mijozga o'zini-o'zi band qilgan aholiga mikrokreditga, 66,5 mlrd. soʻmi 2 ming 780 nafar fuqaroga mikroqarzga, 70,3 mlrd. so'mi 510 nafar mijozga avtokreditga, 21,5 mlrd. so'mi 2 ming 141 nafar talabalarga taʼlim kreditga va 44,2 mlrd. so'mi 5 ming 658 nafar mijozga onlayn mikroqarzga rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, 1-noyabr holatiga “Turonbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslar omonat qoldig'i 1 trln. 577 mlrd. so'm bo'lib, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga o'sdi. Buning natijasida mijozlarga qulay va manfaatli bo'lgan milliy valyutada “Premium” “Kelajak Poydevori”, “Ustuvor”, “Imkoniyat plus”, “Maksimum onlayn” hamda xorijiy valyutada “Optimum” omonatlari taqdim etildi.
Qolaversa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va plastik kartochkalar emissiyasini ko'paytirish bo'yicha 2024-yilda 627 ming 871 dona milliy valyutadagi plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan bo'lib, shundan 394 ming 544 donasi “UzCard” va 223 ming 327 tasi “Humo” tizimidagi plastik kartochkalar hisoblanadi. Shu bilan birga, “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 2 ming 192 tasi “Visa” hamda 731 tasi “MasterCard” xalqaro plastik kartochkalarini ham fuqarolarga ochib berdi. Mazkur plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashitirish, kirim qilish va boshqa amaliyotlar uchun butun Respublika bo'yicha 143 ta “UzCard”, 133 ta “Humo” va 62 dona valyuta ayirboshlash xususiyatiga ega bankomatlar ishlab turibdi.
Yana bir jihatni qo'shimcha qilish lozim. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda 2022-yilda bankning yangi “MyTuron” mobil ilovasining yangilangan talqinini ishlab chiqdi. Yangi dizayn, zamonaviy interfeys va ko'plab bank xizmatlarini o'zida jamlagan ilovani 2024-yilning 1-noyabr holatiga 400 mingdan ortiq foydalanuvchilar yuklab olishdi va indentifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tishdi. “MyTuron” mobil ilovasida bir necha daqiqa ichida onlayn mikroqarz olish, “UzCard”, “Humo”, “Visa” va “Mastercard” plastik kartalariga buyurtma berish, “Humo Virtual” kartasini bepul ochish, turli to'lovlarni amalga oshirish singari ko'plab funksiyalar mavjud.
Shu bilan birga Turonbank aholining uy-joyga bo'lgan ehtiyojidan kelib qulay shartlardagi ipoteka kreditlarini ham taqdim etadi.
Birlamchi va ikkilamchi bozordan xonadon xarid qilish istagida bo'lgan mijozlar uchun 10 yildan 20 yilgacha bo'lgan muddatga, yillik 17.5 foizdan boshlab, hech qanday rasmiy daromadsiz, 420 mln. so'mgacha ipoteka krediti ajratilmoqda. Albatta, shartlar siz tanlagan uy va uning boshlang'ich to'loviga qarab o'zgarishi mumkin.
Jumladan hozirgi kunda eng ommabop ipoteka kreditlaridan birini boshlang'ich 15% to'lab, yillik 17,5 foizdan 20 yil muddatga rasmiylashtirishingiz mumkin, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda: 330 000 000 so'mgacha, Toshkent shahrida: 420 000 000 so'mgacha ajratiladi.