Uchrashuvda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazilib, ularning g'oya va rejalari xususida fikr almashildi. Yangi rejalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar xususida ham so'z yuritilib, ularni bartaraf etish yo'llari ko'rib chiqildi.

O'z navbatida yurtimizda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlarini yaratishga ko'maklashish maqsadida Turonbank tomonidan ishlab chiqilgan bank mahsulotlari haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Eslatib o'tamiz, bank tomonidan aholining o'zini o'zi band qilishi va daromadga kirishi uchun Turonbank nafaqat qulay va tezkor xizmatlarni taklif etmoqda, balki fuqarolarga o'z bizneslarini yo'lga qo'yishlari bo'yicha amaliy yordam ham berib kelmoqda.

Hozirgi kunda Surxondaryoda Turonbankka 34 ta mahalla biriktirilgan bo'lib, ularning har birida bank tomonidan ishga qabul qilingan mahalla agentlar va alohida 9 nafar Mahalla bankirlari hududdagi biznes muhitni yanada yaxshilash va aholi bandligini ta'minlash bo'yicha faoliyat olib boryapti.

Picsart_25-03-06_17-00-23-632.jpg

Picsart_25-03-06_17-25-50-723.jpg

Picsart_25-03-06_17-19-19-250.jpg

Picsart_25-03-06_17-02-34-594.jpg