O'rganishlar davomida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish, baliqchilik, parrandachilik hamda sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati o‘rganilib, ularning ishlab chiqarish quvvati, yaratilayotgan ish o‘rinlari va kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan tanishildi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mavjud muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, “Turonbank” ATB tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda doimo yaqin hamkor bo‘lib qoladi.

Mazkur uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyati davomida uchrayotgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etishga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan korxonalar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishdan iborat.

photo_2024-08-20_20-46-31.jpg
photo_2024-08-20_20-46-31 (3).jpg
photo_2024-08-20_20-46-31 (2).jpg
photo_2024-08-20_20-46-31 (4).jpg
photo_2024-08-20_20-46-32.jpg