1 Noy 2025
Yangi yo‘l tumanida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi!
Toshkent viloyati, Yangi yo‘l tumanida limonchilik sohasida erishilgan yutuqlar, yangi texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan issiqxonalar faoliyati hamda mahalliy dehqonlarning fidokorona mehnatini keng ommaga namoyish etish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi hamda “Turonbank” ATB hamkorligida “Limon hosili sayli” tashkil etildi.

Sayl “Davr Stroy” MCHJga qarashli issiqxona hududida o‘tkazildi. Tadbirda limon yetishtiruvchilar, soha mutaxassislari, tadbirkorlar va bank vakillari ishtirok etishdi. Ular limonchilik sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, innovatsion texnologiyalar va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar.
So‘nggi yillarda limonchilik yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar tufayli viloyat bo‘yicha yuzlab yangi issiqxonalar tashkil etildi. Ayniqsa, xonadonlarda limon yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar sonining ortib borayotgani sohaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida “Turonbank” ATB vakillari tomonidan limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilar namunali limonzorlarni ko‘zdan kechirib, limon yetishtirishda qo‘llanilayotgan innovatsion usullar, parvarish va hosildorlikni oshirish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirkorlar o‘zaro ochiq muloqotda bo‘lib, soha rivojlantirish va limon yetishtirish, uni eksport qilish borasida o'zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo'lishdi. haqida fikr almashdilar.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati