“Turonbank” ATB Yashnobod Bank Xizmatlari Markazi hamda Yashnobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda Yashnobod tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda endi o‘z biznes faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi. Muloqot davomida "Turonbank" ATB tomonidan biznes vakillari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot berildi, o‘z navbatida tadbirkorlar faoliyatlarini kengaytirish maqsadida kredit rasmiylashtirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi. Bu takliflar ko‘rib chiqilib, imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘llari, kredit to‘lovlari va bank bilan hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga amaliyotda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar ham batafsil ko‘rib chiqildi.

Дизайн без названия - 2024-05-15T093854.695.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-15T093806.693.jpg
IMG_2926.JPG
Дизайн без названия - 2024-05-15T093609.754.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-15T093420.222.jpg