“Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”. Davlatimiz rahbari bejizga 2024-yil uchun shu tashabbusni ilgari surgani yoʻq. Tajriba va amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, Oʻzbekiston taraqqiyoti va imijining yanada mustahkamlanishi, har bir sohaga yangilik va oʻzgarishlarning kirib kelishida zamonaviy avlodning oʻrni muhim ahamiyatga ega. Mamlakat aholisining qariyb 60 foizini egallagan ushbu qatlam eng avvalo intellektual kuch, rivojlanishning muhim drayveri, innovatsiya va gʻoyalar ijrochisi hisoblanadi.  Shuning uchu ham ularning taʼlimi, bandligi va munosib daromadga ega boʻlishi bugungi islohotlarning bosh maqsadiga aylandi.   
Umumiy xodimlar sonining ko’p qismini yoshlar tashkil etuvchi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankida ham yuqoridagi gʻoyaning real ifodasini ko’rish mumkin. Xususan, moliya muassasasida yoshlar bilan ishlash boʻyicha aniq strategiya ishlab chiqilib, ta’lim klasteri tizimi tashkil etilmoqda. 
Mana masalan butun Respublika boʻyicha moliya va iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan ikkinchi hamda uchinchi bosqich talabalarini maxsus test sinovlari asosida ishga (amaliyotga) jalb etilgan. Bu orqali ular nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash, tajriba oshirish, muayyan maosh olish va oʻqishni tamomlagach yetuk mutaxassis sifatida oʻzlari uchun aniq ish joyini naqd qilishlari mumkin boʻldi. Bu esa oʻzaro kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish orqali salohiyatli kadrlar zahirasini yaratish imkonini beradi. Ahamiyatli jihati shundaki, oʻqish vaqtidayoq bank jamoasiga qoʻshilib, yetarli tajriba va koʻnikma xosil qilgan intiluvchan yoshlarning salkam 100 nafarga yaqini bugun Boshqaruv raisi oʻrinbosariligidan tortib, departament direktori, boshqarma va boʻlim boshliqlari kabi quyi hamda yuqori boʻgʻin rahbarlari sifatida ishlab kelmoqda. 

**************
Yana bir unikal keys

Hech kimga sir emas, barcha sohalar qatori bugun Oʻzbekistonda bank – moliya yoʻnalishi tez surʼatlarda taraqqiy etmoqda. Mamlakat moliya blogi “Digital - banking” formatida ishlovchi raqamli xizmatlar davriga kirib kelyapti. Raqobat va tendensiyalar bozorida muvaffaqiyatga erishishda esa malakali kadrlar eng asosiy omil hisoblanmoqda.  
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki shu kabi zamonaviy chaqiriqlarga mos keluvchi yosh bankirlarni tarbiyalashni oʻzining eksklyuziv tashabbusi “Turonbank stipendiyasi” loyihasi bilan boshladi. Ushbu motivatsion gʻoyaning ahamiyati shundaki, uning doirasida butun Respublika miqyosidan moliya va iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan eng iqtidorli, oʻz bilimi bilan OTMga yuqori ball toʻplab qabul qilingan 100 nafar yoshlar tanlab olinib, oʻqish yakuniga qadar toʻliq eʼtiborga olindi. Yaʼni, ular uchun har oylik maxsus stipendiya joriy etilib, toʻlov – kontrakt pullari ham toʻlab berildi. Shuningdek, talabalar taʼlimning 3 – bosqichidan boshlab Turonbankda ishlashlari mumkin boʻldi.
Eng muhimi ular taʼlim davrida ortiqcha maishiy muammolarga chalgʻimasdan oʻz ustilarida koʻproq ishlash, xorijiy tillarni bilish darajasini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega boʻlishadi. Turonbankda esa ularga uzoq yillik tajribaga ega murabbiylar biriktirilib, amaliyotdagi bank operatsiyalarini tushuntirib boradi. 2023-yilda ushbu stipendiya 100 nafar talabaga nasib etgan boʻlsa, 2024-yilda ham yana 100 nafarga yaqin oʻgʻil - qizlar bu mukofotga loyiq koʻrilishdi. 
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, kuchli ijtimoiy siyosatda yoshlar eng ustuvor yoʻnalish. Ularga sifatli taʼlim va kasb berish, intilishlarini qoʻllab-quvvatlash doimiy eʼtiborda boʻlishi lozim. “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ham yoshlarni talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab vazifalar belgilangan. Turonbank esa oʻz loyihalari orqali Prezident tashabbuslarini amalda ifoda etmoqda. 

**************

Malakali kadrlar tayyorlash tizimini kompleks rivojlantirishga qaratilgan bu kabi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki oliygohlarda maxsus “Smart oʻquv xonalar”ni ham yoʻlga qoʻygan. U orqali bankning yetuk mutaxassislari moliya va iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq darslar tashkil etib, amaliyotdagi ish uslublari bilan ularni yaqindan tanishtirishmoqda. Bu nazariya va amaliyotning ijobiy uygʻunlashishiga katta hissa qoʻshyapti desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bundan tashqari, Turonbankning iqtidorli oʻgʻil – qizlari xorijda malaka oshirishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, Xitoy xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va boshqa qator rivojlangan davlatlardagi nufuzli taʼlim dasturlarida ishtirok etishlari taʼminlanmoqda.

**************

Yoshlarni jalb etish barobarida “Turonbank” ATB ularning bilim va tajribalarini ham doimiy tarzda oshirib boradi. Xususan, yosh xodimlar oʻrtasida oʻzaro hurmat va jamoaviy birdamlikni taʼminlash boʻyicha “Team building” formatidagi seminar – treninglar doimiy tarzda oʻtkaziladi. Unda Xalqaro moliya korporatsiyasining tajribali ekspertlari hamda bankning yetuk mutaxassislaridan tashkil topgan maxsus guruh, yoshlarning shaxsiy va sohaviy rivojlanishlariga koʻmak berib kelmoqda. 
Qolaversa, bankda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarning jismoniy va ruxiy holatini yanada yaxshilash maqsadida muntazam ravishda matematika, oʻzbek tili va adabiyot, shaxmat, stol tennisi, suzish, mini futbol, kibersport kabi turli yoʻnalishlarda olimpiada, rais kubogi, bilimlar bellashuvi singari musbaqalar oʻtkazilmoqda. Bu orqali yoshlarning intilish va qiziqishlari ham moddiy ham maʼnaviy tarzda ragʻbatlantirilayapti. 

   

Turistik sayohatlar xususida…

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining tashabbusi bilan tizimda mehnat qilayotgan yoshlar yilda bir necha marotaba ma’lum bir manzilda jam bo’lib, o’zaro fikr almashishadi. Bu safargi uchrashuv nuqtasi ko’xna va hamisha navqiron Buxoro shahri bo’ldi. U yerda yosh bankirlar uchun “Zakovat” intellektual o’yini, Jahongir Vahidov ishtirokida “Shaxmat” musobaqasi, Buxoroning turistik obyektlariga sayohatlar tashkil etildi. Shuningdek, «Buxoro Varnet» issiqxonalar majmuasiga tashrif buyurib, u yerdagi o’simliklarni ko’zdan kechirishdi. 

Дизайн без названия - 2024-06-25T142733.967.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-02T100428.006.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-01T141930.625.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-01T142035.259.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-01T143115.300.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-01T142418.929.jpg

Bir soʻz bilan aytganda, “Turonbank” ATBda amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalarning zamirida davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar muhim ahamiyatga ega. Ishonamizki, bu kabi keng qamrovli ishlar natijasi yaqin kelajakda oʻz samarasini beradi va saviyali kadrlar tayyorlash yoʻnalishida yaxlit klaster tizimi rivojlanadi. 

Turonbankda yoshlar bilash ishlash tajribasi haqida tayyorlangan vidomaterialni esa YouTube platformasidagi TuronbankMedia kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin - https://youtu.be/0_iHuS7W42o?si=g-S4TbaM7OF7uhMZ