“Turonbank” ATBda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Дизайн без названия (50).png
O‘zbekiston suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida Davlatimiz bayrog‘i alohida o‘rin tutadi. Milliy g‘ururimiz bo‘lgan bayrog‘imizni ulug‘lash hamda unga hurmatda bo‘lish har birimizning burchimizdir. Tadbirga taklif etilgan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Muxsiddin Nizomiddinov ham bu borada so‘z yuritib, 2023-yil “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda Davlatimiz bayrog‘idan foydalanish qoidalari xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.

Дизайн без названия (55).png
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hamda uyushmaning O‘quv metodik va harbiy vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Zoxidova esa tadbirga ijodiy yondashgan holda ishtirokchilarga hush kayfiyat bag‘ishladi. Ma’mura Zoxidova o‘z ijod namunalarini taqdim etib, tadbir ishtirokchilariga turli kitoblarni ham tuhfa etdi.

Дизайн без названия (54).png
Tadbir so‘nggida o‘tkazilgan viktorina esa xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i bilan bog‘liq bilimlarni mustahkamlab olishga yordam berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Viktorina g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Дизайн без названия (49).png
Дизайн без названия (53).png
Дизайн без названия (62).png
Дизайн без названия (56).png
Дизайн без названия (57).png
Дизайн без названия (58).png
Дизайн без названия (60).png
Дизайн без названия (61).png
Дизайн без названия (63).png
Дизайн без названия (64).png