Ogohlik davr talabi! Yurtimizning tinchligini ta’minlash O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir. Mazkur tamoyilga amal qilgan holda Turonbank bosh ofisi hamda Toshkent shahar bank xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shayxontohur tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi mas’ul hodimi Jahongir Meliqo‘ziyev bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali ishlar, diniy sohadagi islohotlar xususida hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar, ularning oldini olish hamda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turish masalalari borasida tadbir ishtirokchilariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar haqida so‘z yuritdi.

Jahongir Meliqo‘ziyev vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida ham muhim tavsiyalar berib o'tdi.

Безымянный-1.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T094320.782.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093416.681.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093950.697.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093728.473.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T092926.269.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093231.020.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093515.524.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093331.028.jpg
Дизайн без названия - 2024-10-15T093036.819.jpg