“Milliy libos – Millat ko‘zgusi” chellenji Namangan BXMda!

“Turonbank” ATB Namangan BXM jamoasi bugun mijozlarni milliy libos va bosh kiyimlarda kutib olib, qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini ifoda etmoqda.

Ushbu tashabbus milliy merosimizni asrab-avaylash, uni keng jamoatchilikka tanitish va yosh avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Milliy libosdagi xizmat nafaqat mijozlarga iliqlik ulashmoqda, balki milliy madaniyatimizning ajralmas qismi ekanini yana bir bor eslatmoqda.

Milliyligimizga ko‘z tegmasin!

photo_2025-03-28_12-10-25.jpg
photo_2025-03-28_12-10-26.jpg
photo_2025-03-28_12-10-27.jpg
photo_2025-03-28_12-10-29.jpg
photo_2025-03-28_12-10-30.jpg
photo_2025-03-28_12-10-31.jpg
photo_2025-03-28_12-10-32.jpg