O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Turonbank" ATBda "Qadring baland bo‘lsin-Ona tilim" shiori ostida madaniy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir avvalida Turonbank Boshqaruvi Raisi o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birga mazkur yo‘nalishda bank xodimlarining vazifalari borasida so‘z yuritdi.

Tadbirga taklif etilgan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ma’mura Zoxidova esa o‘zbek tilini tarannum etuvchi fikrlari va she’rlarini tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etdi.  

Interaktiv tarzda o‘tgan tadbirda bank xodimlari ham she’riyatga, adabiyotga ixlosmand ekanliklarining namunasi sifatida o‘zlari tomonidan yozilgan she’rlarni ham o‘qib berdilar. 

Tadbir davomida shuningdek, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozimligi va har birimiz o‘zbek tiliga hurmat bilan yondoshishimiz borasida ham fikrlar bildirildi.

photo_2024-10-25_21-45-41.jpg
photo_2024-10-25_21-45-42.jpg
photo_2024-10-25_21-45-43.jpg
photo_2024-10-25_21-45-44.jpg
photo_2024-10-25_21-45-45.jpg
photo_2024-10-25_21-45-46.jpg
photo_2024-10-25_21-45-47.jpg
photo_2024-10-25_21-45-40.jpg