2024-yil 5-dekabr kuni Turonbankda “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi, Toshkent davlat yuridik universitet oʻqituvchisi, bank xodimlari va Turonbank stipendiant yoshlari ishtirok etishdi.

_K3A0127.JPG

Tadbir davomida Konstitutsiyaning ahamiyati, uning inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashdagi roli haqida qiziqarli ma'ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirdilar va Konstitutsiya asosida erkin, farovon jamiyatni barpo etish yo‘lida birgalikda harakat qilish zarurligini ta'kidladilar.

Tadbirda shuningdek yangilangan Konstitutsiyadagi oʻzgarishlar, kiritilgan normalar va ularning jamiyat va davlat hayotidagi oʻrni tahlil qilindi.

Turonbank bunday tadbirlarni o‘tkazish orqali jamiyatda Konstitutsiya haqidagi bilimlarni oshirishni va fuqarolik ongini yuksaltirishni maqsad qilmoqda.

_K3A0152.JPG

_K3A0178.JPG

_K3A0188.JPG

_K3A0141.JPG

_K3A0139.JPG

_K3A0309.JPG

_K3A0318.JPG