“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga Axmedov Toxirjon Xasanjon o‘g‘li tayinlandi.

Axmedov Toxirjon Xasanjon o‘g‘li 1981-yil 27-avgustda Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug‘ilgan.

U 2002-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida, 2007-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ta’lim olgan.

Mutaxassisligi — suv xo‘jaligida menejment va bank ishi.

2003-yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2024-yil may oyidan boshlab mazkur lavozimda faoliyat yuritmoqda.