Murojaatni yuboring
Murojaatni tekshirish
Ommaviy oferta
Hurmatli foydalanuvchi!
Sizga ATB «Turonbank» Boshqaruvi Raisiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qoʻymoqchimiz.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni soʻraymiz:
- Jismoniy shaxs sifatida murojaat yoʻllasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz toʻgʻrisidagi maʻlumotlar koʻrsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan boʻlishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yoʻllasangiz yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.
- Alohida e’tibor bering! Tuhmat, haqorat soʻzlar ishlatilgan va yolgʻon xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.
- Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib oʻtmoqchimiz:
- odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi boʻlmagan takliflar va shunga oʻxshash murojaatlar);
- murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud boʻlgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar boʻlmagan murojaatlar;
- tijorat takliflarini, turli tadbirlar, seminarlarga taklifnomalarni, bank faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa har qanday axborotni joʻnatish. Bu kabi axborotni siz elektron pochtaga joʻnatishingiz mumkin.
- Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala boʻyicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan boʻlsa, koʻrib chiqilmaydi.
Mazkur shartlarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.