Turonbank mijozlari
«Genotexnologiya» klinik laboratoriyasi 2015 yilda faoliyat boshlagan boʼlib, Oʼzbekistonda birinchilardan amaliy tibbiyotda yuqori texnologiyali molekulyar genetik yondashuvlarni ishlab chiqib, joriy etgan brend hisoblanadi. Klinikada xromosoma, irsiy genetik va onkogematolik kasalliklar, trombofiliya bilan ogʼrigan bemorlarga tashxis qoʼyililadi. Shuningdek, keng koʼlamli molekulyar genetik, sitogenetik va klinik qon tekshiruvlari amalga oshiriladi.