Turonbank bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan yirik brendlar haqida soʼz ketganda, xalqimizga “Sirdaryo kafel” nomi bilan yaxshi tanish boʼlgan, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi 100 gektar maydonda joylashgan “Peng - Sheng” Oʼzbekiston – Xitoy qoʼshma korxonasini keltirishimiz mumkin.

Mazkur loyihaning dastlabki qiymati 26 mln. АQSh dollarlik toʼgʼridan – toʼgʼri investitsiya boʼlgan. Аvvaliga kerakmik kafel mahsulotlarini ishlab chiqarish va terini qayta ishlash korxonalari ish boshlagan.

C000302

C000310

“Turonbank” aktsiyadorlik tijorat bank bilan hamkorlik Yevropa davlatlari va Xitoydan eng soʼnggi rusumdagi texnologiyalarning olib kelinishi natijasida bugungi kunga kelib “Peng - Sheng” brendi ostidagi loyihalar soni 15 taga yetdi. Investitsiya hajmi esa 100 mln. АQSh dollaridan oshdi.

Аgar ish boshlangan 2009 yilda ishlab chiqarish majmuasida 60 nafardan ziyod xodim mehnat qilgan boʼlsa, ayni vaqtda ularning soni 2 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Buning samarasi oʼlaroq tayyorlanayotgan mahsulotlari turi va ularni yetkazib berish geografiyasi ham kengaydi.

Xususan, “Peng - Sheng” yorligʼi ostida keramik kafel mahsuloti, smesitel, jumrak – kranlari va santexnika buyumlari, qayta ishlangan va ishlov berilgan terilar, dekor panellari, tomchilatib sugʼorishda foydalaniladigan yelim quvurlar, mahsus suv oʼtkazgichlar va plyonkalar, ayollar va erkaklar poyabzallar, charm tovarlar hamda sanitar mebellar ishlab chiqarilmoqda.

C000303

Аhamiyatlisi “Peng - Sheng”ning eksporti MDH davlatlari (Rossiya, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston) Xitoy va Yevropa davlatlariga choʼzilgan. Xususan, zavodning tayyor charm mahsulotlari bugun Italiya va Ispaniyaga yetkazib berilmoqda. Uning hajmi qariyb 2 mln. АQSh dollariga teng.

“Peng - Sheng” korxonalarining 2022 yildagi eksport hajmi :

  • Teri va charm mahsulotlari tayyorlash boʼyicha eksport – 13 mln. АQSh dollari
  • Keramik va kafel mahsulotlari boʼyicha eksport – 15 mln. АQSh dollaridan ortiq
  • - Smesitel, jumrak – kranlari va santexnika mahsulotlari boʼyicha eksport – 3 mln. АQSh dollaridan ortiq
  • Dekor panellari mahsulotlari boʼyicha eksport – 550 ming АQSh. dollari

Qoʼshma korxona faoliyatini yanada qoʼllab – quvvatlash maqsadida 2023 yilning aprel oyida shaxsan Davlatimiz rahbarining oʼzlari “Peng Sheng” Oʼzbekiston – Xitoy qoʼshma korxonasiga tegishli 2 ta yangi loyihaga start berdilar.

Ular marmar toshlaridan 40 turdagi tayyor mahsulot tayyorlash va terining chiqindiga chiqarib yuboriladigan “oksil” qismidan jelatin ishlab chiqarishdir. Ikkala korxonaning umumiy qiymati 10 mln. АQSh dollari boʼlib, toʼgʼridan – toʼgʼri xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Mahsulotlar Xitoy, MDH va Yevropa davlatlariga eksport qilinishi koʼzda tutilgan. Mazkur loyihalar natijasida yuzga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratiladi.