Smartfoningiz orqali MyTuron mobil ilovasiga kirib istalgan vaqtda va istalgan joyda MyTuron ilovasi orqali taqdim etilayotgan bank xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. MyTuron mobil ilovasi qulay interfeysga ega bo‘lib, bank xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Bank ofislariga kelmasdan MyTuron mobil ilovasidagi My ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tib, Turonbank mijoziga aylanish va mobil ilovasi orqali ko‘plab amaliyotlarni bajarish mumkin. Jumladan, bir necha daqiqa ichida “Onlayn Mikroqarz” rasmiylashtirish, shuningdek UzCard, Humo, Visa, Mastercard plastik kartalariga onlayn buyurtma berish va bir necha soniya ichida Humo Virtual kartasini ilovaning o‘zida ochish imkoniyati mavjud. Plastik kartalar turidan kelib chiqib ularni bir lahzada bloklash, hisobdagi mablag‘larni nazorat qilish, PIN-kodni o‘zgartirish, SMS-xabarnoma yoqish yoki o‘chirish orqali kartalarni boshqarish mumkin.
MyTuron mobil ilovasiga boshqa banklarning UzCard va Humo plastik kartalarini ham ulab, “Onlayn Mikroqarz”dan tashqari boshqa barcha amaliyotlardan bemalol foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Mobil ilovada MyTuron Bonus kartasi ham mavjud, to‘lovlar uchun bu kartaga bonuslar yig‘iladi. Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar ham bonuslarga ega bo‘ladi.
Ushbu tizim juda kulay va xavfsiz. U biron bir tashqi faktorlarga emas, faqat foydalanuvchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib, tizimga ulangach to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda qulay sharoitlarda to‘lash imkoni yaratiladi.
MyTuron ilovasidan foydalanishda o‘z hohishingizga ko‘ra 5 xonali pin-kod vositasidan yoki ikki bosqichli autentifikatsiyali himoya tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har gal tizimga kirish uchun bank programmasi orqali mobil telefoningizga yuboriladigan bir martalik sms-kodi to‘lovlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi.
MyTuron ilovasi iPhone va Android telefonlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
MyTuron ilovasini qanday yuklab olish mumkin?

- MyID tizimi orqali mijozlarni masofadan identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Bonus kartasi;
- to'lovlar uchun keshbeklar;
- Оnlayn Mikroqarz;
- kredit olish uchun arizalar qoldirish;
- Turonbankda rasmiylashtirilgan kreditlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish va hisoblangan foizlarni ko‘rib borish;
- onlayn omonat ochish;
- omonat qoldiqlari va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha ma’lumot olish;
- UzCard, Humo, Visa, Mastercard plastik kartalariga onlayn buyurtma berish;
- Humo Virtual kartasini ochish;
- HUMO PAY, QR codе bo'yicha to'lovlar;
- UzCard, Humo, Mastercard, Visa kartalari o'rtasida P2P pul o'tkazmalari;
- konversiya amaliyotlari;
- Kartalarni boshqarish (kartani bir lahzada bloklash, muddati tugagan, yo‘qolgan yoki shikastlangan bank kartalarini yangisiga almashtirish uchun buyurtma berish, kartalarni boshqarish, tushum va harajatlar monitoringini olib borish, limit o‘rnatish, PIN-kod o‘zgartirish, SMS xabarnoma yoqish va o‘chirish (plastik karta turidan kelib chiqib));
- kommunal to'lovlarni to'lash;
- uyali aloqa, shahar telefoni xizmatlari, internet provayderlar va raqamli televideniya xizmatlari uchun to‘lovlar;
- xalqaro servislar uchun to'lovlar;
- bankdagi yangiliklar va takliflarni kuzatib borish;
- va yana boshqa ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.
Format: pptx
Format: pdf
Format: pdf