Karta haqida
Humo-Visa kobeyj kartalari O‘zbekistonda ham chet elda ham turli xaridlar va xizmatlar uchun bir vaqtning o‘zida milliy hamda xorijiy valyutada naqd pulsiz shu bilan birga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga P2P o‘tkazmalar uchun juda qulay bo‘lgan plastik karta.
Karta pul birligi
So‘m-AQSh dollari
Kartani ochish bo‘yicha bank xizmati
36 000 so‘m
Amal qilish muddati
5 yil
Kartani qayta tiklash
36 000 so‘m
Turonbank Humo-Visa kobeyj plastik kartasining afzalliklari:
- Hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini xavfsiz saqlash;
- On-line rejimida tezkor hisob-kitob amaliyotlarini amalga oshirish;
- Naqd pul mablag‘ingizning yo‘qolmasligi yoki o‘g‘irlanmasligi kafolati;
- Hisob-kitoblarning aniqligi;
- Istalgan paytda bankomat orqali kartadagi pullarni naqdlashtirish.
Turonbank Humo-Visa kobeyj plastik kartasi yordamida quyidagi to‘lovlar va operatsiyalarni amalga oshirish mumkin:
- Karta hisob raqamiga turli to‘lovlarni o‘tkazish;
- Savdo terminallari o‘rnatilgan savdo punktlarida xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Bank g‘aznalarida naqd pul mablag‘ini olish (faqat individual va mehnat haqi kartalar bo‘yicha);
- Pul mablag‘ini karta hisob raqamidan yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlariga o‘tkazish, masalan, institutda taʼlim olish uchun yoki kredit bo‘yicha qarzlarni uzish uchun;
- Karta hisob raqamiga naqd pul mablag‘ini o‘tkazish;
- Kommunal hizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalar.
QR-kod onlayn to‘lovning xavfsiz va ishonchli platformasi:
- QR-kod (Quick Response Code) – tezkor aniqlanadigan kod bo‘lib, u obyekt haqidagi maʼlumotni o‘zida mujassam etadi va savdo terminalisiz to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Agar onlayn harid bo‘lsa, bank kartasi yoki shaxsiy maʼlumotlar talab etilmaydi.
One Touch - qulaylikni qadrlovchilar uchun innovatsion xizmat.
- Uni ulang va o‘zingiz bilan Humo terminalini olib yurishga hojat qolmaydi - u smartfoningizning o‘zida bo‘ladi!
- Turonbank va Humo to‘lov tizimidan premium-xizmat kuyidagi xolatlarda qulay:
- yetkazib berish xizmati;
- taksi xizmati;
- kichik savdo nuqtalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga. - One Touch xizmatini telefonda faollashtirish uchun bank bilan bog‘laning va shartnoma imzolang.
- Servis faqat Android va NFC tizimi mavjud smartfonlar uchun.
Video
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: pdf
Bank kartani olish uchun arizani veb-sayt orqali topshirishingiz mumkin. Onlayn ariza shaklini to‘ldiring, bizning xodimimiz siz bilan bog‘lanib, kreditni rasmiylashtirish va olish shartlari haqida sizga ma’lumot beradi.