Omonatlar
Ularda pul mablag‘lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o‘z mablag‘larini olishi mumkin.
Omonatlarning soni bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Voyaga yetmagan farzand uchun unga voyaga yetganda foydalanish imkoniyatini beruvchi omonatni qanday qilib ochish mumkin?
Turonbankda voyaga yetmagan bola uchun ota yoki onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etish orqali uning nomiga omonat ochish mumkin.
Omonat mablag‘larini qarindoshlarga vasiyat qilib qoldirish mumkin. Buning uchun vasiyat notarius orqali tasdiqlanishi kerak.